Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ehtiyojmand oilalarga ko‘mak (+video)
13:18 / 2025-11-15

Aholining ehtiyojmand qatlamini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2025/2026-yilgi isitish mavsumida ijtimoiy yordam choralari kuchaytirilmoqda. Xususan, joriy yil noyabr oyida Ijtimoiy himoya yagona reyestri va Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan fuqarolar hamda mahalla yettiligi tomonidan aniqlangan qo‘shimcha ro‘yxatdagi kam ta’minlangan oilalarga 1 million so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratilishidan xabaringiz bor.

Navoiy viloyatida bugungi kunda 29 ming 637 ta ana shunday ijtimoiy himoyaga muhtoj oila ushbu ro‘yxatga kiritilgan. Ular uchun kuz-qish mavsumida kommunal to‘lovlarni qoplash maqsadida moddiy yordam tayinlandi.

[gallery-26276]

Kuni kecha mahallalardagi ijtimoiy xodimlar tomonidan aholiga maxsus flayerlar tarqatilib, yordam olish tartibi, har oylik kompensatsiyalar, shuningdek, gaz va elektr energiyasidan tejamkor foydalanish bo‘yicha tavsiyalar batafsil tushuntirildi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/yOjNq22kA6Y" title="Ehtiyojmand oilalarga ko‘mak" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Siroj ASLONOV  (surat va video), O‘zA