French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ehtiyojmand oilalarga 50 million soʻmlik oziq-ovqat mahsulotlari berildi
12:39 / 2020-04-30

Xayriya karvonining ilk manzili “Xonobod“ mahallasi Shifokorlar koʻchasi boʻldi.


Toshkent viloyati Ohangaron shahrida “Saxovat va koʻmak” umumxalq harakati doirasida ehtiyojmand oilalarga 50 million soʻmlik oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

Shahar hokimligi tashabbusi hamda mahalliy tadbirkorlarning koʻmagi bilan bugun hududda “Saxovat va koʻmak“ umumxalq harakati doirasida katta xayriya aksiyasi oʻtkazildi. 15 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari ortilgan avtoulovlar mahallalarga yoʻl oldi.

Xayriya karvonining ilk manzili “Xonobod“ mahallasi Shifokorlar koʻchasi boʻldi. Bu yerda istiqomat qiluvchi Ozoda opa va uning turmush oʻrtogʻi karantin sabab vaqtincha ishsiz. Yetti nafar voyaga yetmagan farzandi esa yeyishi, ichishi kerak.

– Bugun davlatimizning bagʻrikengligi, mehr-muruvvatini dildan his qildim, – deydi xonadon bekasi O.Avazova. – Xayriya jamlanmasi xonadonimizga quvonch bagʻishladi. Men Prezidentimizga, hukumatimizga, shu jumladan, shunday xayrli amallarni uyushtirganlarga minnatdorchilik bildiraman.

Shu kuni 21 ta mahalladagi ehtiyojmand, nogironligi boʻlgan, karantin tufayli vaqtincha ishsiz qolgan, boquvchisini yoʻqotgan hamda ogʻir turmush sharoitidagi 100 ta oilaning har biriga 506 ming soʻmlik oziq-ovqat jamlanmasi berildi.

Yaxshilikning chegarasi yoʻq. Mehrga, muruvvatga mushtoq koʻngillarni ziyorat etish ham bir yaxshilik. Zero, muqaddas kitoblarimizda qayd etilganidek: “Yaxshilikning mukofoti faqat yaxshilikdir“.

Ohangaron shahar hokimligi Axborot xizmati.