Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ehtiyojmand oilalar xonadoniga quyosh panellari o‘rnatilmoqda
17:24 / 2023-03-06

Prezidentimizning “2023 yilda qayta tiklanuvchi energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarorida belgilab berilgan vazifalar ijrosi doirasida kam ta’minlangan, ehtiyojmand aholi xonadonlariga elektr energiyasining muqobili, quyosh panellarini o‘rnatib berish ishlari davom etmoqda.

– Ana shu ishlarning uzviy davomi sifatida Sirdaryo viloyatidagi 27 nafar kam ta’minlangan, ehtiyojmand aholi xonadonlariga "Mahalla" xayriya jamoat fondi Sirdaryo viloyati boshqaruvi, uning tuman va shahar bo‘linmalari qoshida tashkil etilgan "Saxovat va ko‘mak" jamg‘armasining 199,2 million so‘mlik pul mablag‘i hisobidan quyosh panellari, quyosh suv isitgichlari o‘rnatib berildi, – deydi "Mahalla" xayriya jamoat fondi Sirdaryo viloyati boshqaruvi raisi o‘rinbosari Anvar Narzullayev. – Bu kam ta’minlangan, ijtimoiy yordamga muhtoj, olis va chekka hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar uchun nihoyatda qulay bo‘lib, elektr energiyasiga sarflangan sarf xarajatlarni qisqartirish, qolaversa qo‘shimcha daromad topish imkonini beradi.  

Sh. Suyarov, O‘zA