Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ehtiyojmand oilalar uchun quyosh energiyasi asosida daromad manbalari yaratiladi
13:02 / 2026-02-10

Kambag‘allikni qisqartirish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash hamda “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish davlat siyosatida ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.

Shu maqsadda “og‘ir” mahallalarda qo‘shimcha daromad manbalarini yaratishga qaratilgan navbatdagi muhim qaror qabul qilindi.

Xususan, 2026 yil 9 fevralda qabul qilingan “Og‘ir mahallalarda kichik quyosh elektr stansiyalarini barpo etish orqali kambag‘al oilalarni qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori shular jumlasidan.

Qarorga muvofiq, “og‘ir” mahallalarda daromad keltiradigan aktiv sifatida quvvati 300–500 kVt soat bo‘lgan kichik quyosh elektr stansiyalarini ishga tushirish belgilandi. Ushbu loyihalarni moliyalashtirish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan 110 million AQSH dollari miqdorida mablag‘ ajratilishi nazarda tutilgan.

Hujjatda belgilanishicha, bir oy muddatda quyidagi masalalarni qamrab olgan Prezident qarori loyihasi kiritiladi:

— kichik quyosh elektr stansiyalarini qonunchilikda belgilangan tartibda loyihalashtirish, davlat ekspertizasidan o‘tkazish, tender asosida pudrat tashkilotini aniqlash hamda qurilish-montaj ishlarini tashkil etish;

— mazkur stansiyalarni foydalanishga qabul qilish va ularning samarali boshqaruvini ta’minlash;

— quyosh elektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan elektr energiyasini sotishdan tushgan mablag‘larni taqsimlash mexanizmlarini belgilash.

Mazkur qaror “og‘ir” mahallalar aholisining daromad manbalarini kengaytirish, yashil energiyadan foydalanishni rag‘batlantirish hamda ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Hamroz Bayanov, O‘zA