Ehtiyojmand oilalar qo‘llab-quvvatlanmoqda
Xayr-saxovat xalqimizga xos fazilat. “Mahalla” xayriya jamoat fondi Qamashi tumani bo‘linmasi tashabbusi bilan tumandagi kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalarga muntazam ravishda oziq-ovqat mahsulotlari tarqatib kelinmoqda.
Xususan, fondning tuman bo‘linmasi qoshida tashkil etilgan “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan joriy yilning o‘tgan davrida jami 90 nafar ehtiyojmand fuqaroga 23 million 100 ming so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari tarqatilgan.


Masalan, yaqinda tumandagi “Nurli yo‘l” mahallasida yashovchi “Temir daftar” da ro‘yxatda turuvchi 1-guruh nogironi Bobur Rajabov xonadoniga borilib holidan xabar olindi va oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.
Bu kabi xayr-saxovat tadbirlari davom etmoqda.
O‘lmas Barotov, O‘zA.