French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ehtiyojmand oilalar qo‘llab-quvvatlandi
19:03 / 2023-03-10

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining “Insonga e’tibor – oila va jamiyat rivojining poydevori” mavzuida o‘tkazgan xayriya aksiyasida Surxondaryo viloyat hududiy birlashmasi va tuman jamiyatlari ham faol ishtirok etdi.

Aksiya doirasida bir guruh ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor, boquvchisini yo‘qotgan oilalar va yolg‘iz keksalarning kommunal elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi kabi kommunal to‘lovlardan yuzaga kelgan qarzdorligi to‘lab berildi. Jumladan, Boysun tumani Tog‘chi mahallasida yashovchi N.Bozorovaning foydalangan tabiiy gaz to‘lovi uchun 200 ming so‘m qarzdorligi to‘landi. Birlashmaning Oltinsoy tumani jamiyati Mingchinor mahallasida yashovchi F.Qurbonovning elektr energiyasi uchun 100 ming so‘m, Denov tumani jamiyati Lolazor mahallasida istiqomat qiladigan H.Yuldoshevning elektr energiyasi iste’molidan yuzaga kelgan 150 ming so‘m qarzdorligini uzishga beminnat yordam berdi. Uzun tumani jamiyati bahoriston mahallasilik M.O‘rinovning ichimlik suvi uchun 200 ming so‘m to‘lovini amalga oshirdi.  

Viloyatning barcha tumanlarida o‘tkazilgan ijtimoiy loyiha ishtirokchilari ehtiyojmand oilalarning kommunal to‘lovlardan 1 million 500 ming so‘mlikdan ortiq qarzini to‘lab, ularning har biri jamiyatimiz e’tiborida ekanini chuqur his etishiga ko‘maklashdi.  

Xolmo‘min MAMATRAYIMOV, O‘zA muxbiri