Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ehtiyojmand oilalar moddiy qoʻllab-quvvatlanmoqda
09:45 / 2020-08-14

Davlatimiz tomonidan ajratilgan bir martalik yordam pullarini oʻz egalariga vaqtida yetkazish tuman Xalq qabulxonasi tomonidan nazoratga olindi.


Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 30-iyuldagi “Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni ijrosi doirasida Buxoro viloyati Jondor tumanida 1563 ehtiyojmand oilaga moddiy yordam koʻrsatildi.

Davlatimiz tomonidan ajratilgan bir martalik yordam pullarini oʻz egalariga vaqtida yetkazish tuman Xalq qabulxonasi tomonidan nazoratga olindi.

Birinchi sektor hududida 10 ta mahalla mavjud boʻlib, “Temir daftar” roʻyxatiga kiritilgan 290 ta ehtiyojmand oilaning 1135 nafar aʼzosiga 249 million 700 ming soʻm miqdorida moddiy yordam koʻrsatildi. Tuman miqyosida esa pandemiya sababli daromadidan ayrilgan, ehtiyojmand 1563 oilaga 1 milliard 315 million 160 ming soʻm miqdorida yordam puli topshirildi.

5.jpg

6.jpg