Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ehtiyojmand oilalar ko‘makchisi
18:55 / 2022-03-23

Yasharish va yangilanish bayrami Navro‘zi olam ko‘p millatli Navoiy viloyatida ham “Assalom, Navro‘z – yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi!” g‘oyasi ostida nishonlanib, umumxalq sayillariga, xayriya tadbirlariga ulandi.

Prezidentimizning 2022 yil 17 fevraldagi “2022 yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida” gi qarorida Navro‘z bayrami munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va faxriylari, keksa avlod vakillarini har tomonlama e’zozlash bilan bir qatorda “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Mehr daftari” ga kiritilgan hamda ko‘makka muhtoj insonlarning holidan xabar olish, ularga beg‘araz yordam berish bilan bog‘liq xayriya tadbirlarini amalga oshirish belgilangani bois, O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi Navoiy viloyati boshqaruvi tomonidan ushbu xayrli ishlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi. 

Xalq deputatlari tuman va shahar kengashlari qarorlariga asosan, Jamoat fondi Navoiy viloyat, tuman va shahar bo‘linmalari huzuridagi “Saxovat va ko‘mak”  jamg‘armasi  hisobidan 640 ta oilaga jami 181 million so‘mlik oziq-ovqat xarid qilinib ehtiyojmand oilalarga tarqatildi. Xususan, Navoiy shahrida 200 ta, Xatirchi tumanida 100 ta, Qiziltepa tumanida 300 ta va G‘ozg‘on shahrida 40 ta oilaga “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasidan oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.

Shuningdek, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan Zarafshon shahrida yashovchi 30 nafar va Uchquduq tumanida yashovchi 21 nafar ehtiyojmand fuqarolarga jami 69,8 million so‘m moddiy yordam puli ajratilib, ularning  plastik kartasiga ko‘chirib berildi.

Abduvali Bo‘riyev, O‘zA.