Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ehtiyojmand fuqaroga amaliy ko‘mak berildi
11:27 / 2024-03-06

Buxoro viloyati Qorako‘l tumani Yangi turmush mahallasida yashovchi Qahramon Qodirov 1972-yilda tug‘ilgan bo‘lib, nogironligi sabab, mustaqil harakatlanish, kundalik yumushlarini bajarishga qiynaladi. Shunday bo‘lsada, uyi oldida yengil konstruksiyali ko‘chma xizmat ko‘rsatish obyektida kompyuter xizmatlari faoliyati bilan shug‘ullanib, oyiga 1-1,5 million so‘m daromad topadi. Yolg‘iz o‘zi yashaydi.

Mazkur mahallaga tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlari markazi ijtimoiy xodimi Nozima Hamdamova mas’ul bo‘lib, o‘rganish jarayonlarida Qahramon Qodirov mustaqil  harakatlana olmasligi sababli, uning reabilitatsiya qilishning texnik vositasiga ehtiyoji borligi (elektron aravacha) hamda kundalik yumushlarini bajara olmasligini inobatga olgan holda, unga “Inson” ijtimoiy xizmatlari markazi tomonidan assistent ajratishlarini so‘ragan edi.

Ushbu murojaat qisqa muddatda ijobiy hal etilib, Qahramon Qodirovga elektron aravacha berildi. Shuningdek, markaz tomonidan “Barter va Louton” shkalasi bo‘yicha o‘tkazilgan baholash mezoni natijasiga ko‘ra, unga assistent biriktirib berildi. Shu bilan birga, Qahramon Qodirovga faoliyat yuritishi uchun uyi atrofidagi umumta’lim maktabidan joy ajratib berildi.

O‘zA fotomuxbiri

Tohir ISTATOV olgan suratlar