Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ehtiyojmand aholining kommunal to‘lovlari to‘lab berildi
15:46 / 2023-03-10

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan «Insonga e’tibor – oila va jamiyat rivojining poydevori» mavzuida xayriya aksiyasi o‘tkazildi.

Aksiya doirasida Qashqadaryo viloyatining tuman va shaharlarida istiqomat qilayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj 10 ta oilaning kommunal to‘lovlar bo‘yicha mavjud 2 million 730 ming so‘mlik qarzdorligi to‘lab berildi. Shuningdek, barcha ehtiyojmand oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazildi.  

Jumladan, loyiha doirasida Shahrisabz shahri «G‘alaba» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan Barno Pirnazarovaning elektr energiyasidan yuzaga kelgan 150 ming so‘m qarzdorligi xizmat ko‘rsatuvchi korxona hisobraqamiga o‘tkazildi.  

 

O‘zA