Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ehtiyojga ko‘ra samarali yordam zarur...
14:59 / 2023-02-02

Rossiya-Ukraina

AQSH xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) Amerika – Rossiya investitsiya jamg‘armasidan Ukraina va Moldoviya iqtisodini tiklash uchun 135 million dollar ajratishni e’lon qildi. Bu bayonot Agentlikning saytida berilgan.

Fransiya Mudofaa vaziri Sebasten Lekornyu «Le Figaro” gazetasiga bergan suhbatda Kiyevga qurol-yarog‘ yetkazib berish Ukraina armiyasi ehtiyojidan kelib chiqishi kerak, bu reklama kampaniyasi emas, deb ta’kidlagan.

“Ukraina samarali harbiy yordamga muhtoj, u aniq ehtiyojini qoplashi kerak”, deb qo‘shimcha qildi vazir.

BMT Xavfsizlik kengashining Ukrainaga gumanitar vaziyat bo‘yicha yig‘ilishi 6 fevralda bo‘lib o‘tadi, deb xabar berdi Maltaning BMTdagi doimiy vakili Vanessa Freyzer.

«Dziennik Gazeta Prawna” nashrining ma’lumotiga ko‘ra, AQSH Prezidenti Jo Baydenning fevral oyida Polshaga amalga oshiradigan safari davomida Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy bilan uchrashishi mumkin. Mazkur uchrashuv Varshavada yoki Jeshuve shahrida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Germaniya Bundestagi raisi o‘rinbosari Katrin Gyoring-Ekkardt Kiyevda bo‘lishi paytida Ukraina barcha shartlarni bajarib, YeIning a’zosi bo‘lishi kerak, deb bildirgan fikrini “N-tv” telekanali namoyish etdi.

AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp vaziyat yanada keskinlashmagunicha Ukrainadagi inqirozni tezroq to‘xtatish zarurligi haqida gapirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, «Ukrainadagi muammoni «oson hal etish mumkin», shuningdek, tinchlikka «24 soatda» erishish mumkin, deb qat’iy fikr bildirdi.

Chexiyaning yangi saylangan Prezidenti Petr Pavel Ukrainaning YeI va NATOga kirish intilishlarini qo‘llashini aytib o‘tdi. Bu haqda “Blesk” xabar berdi.

Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an “TRT” telekanaliga suhbati chog‘ida G‘arb davlatlari tomonidan Kiyevga yetkazib berayotgan qurol-yaroq, shu jumladan, tanklar, Ukrainadagi ziddiyatni hal etmaydi, degan.

“Buning o‘rniga G‘arb davlatlari bizning Ukraina va Rossiya o‘rtasida muzokaralar chaqirig‘imizni qo‘llashlari lozim. Kiyevga qurol yetkazish “bu xavfli qadam, ammo qurol baronlari uchun foydalidir”, deb ta’kidlagan.

Germaniya kansleri o‘rinbosari, Iqtisodiyot va iqlimni muhofaza qilish masalalari vaziri Robert Xabek nemis qiruvchi samolyotlarni Kiyevga yetkazib berishga qarshi ekanini bildirdi. “ZDF” telekanaliga suhbatda u “ayni damda Ukrainaga tezroq jangovar “Leopard” tanklarini yetkazib berish zarurligini urg‘uladi. “Financial Times” gazetasiga bergan intervyusida Italiya Mudofaa vaziri Guido Krozetto, “o‘z mamlakati mudofaasiga tahdid yaratmasdan Rim Kiyevga imkoniyati darajasida yordam berishga tayyor, deb bayonot berdi.

Ukrainaga “F-16” uchog‘ini berish samarasizdek tuyilmoqda, chunki uni boshqarishni o‘rganish ancha vaqt talab etadi, dedi Polsha davlat televideniyesiga suhbatida Polsha Mudofaa vaziri o‘rinbosari Marchin Ochepa. “Bu avtomat emaski, jangchining qo‘liga berib qo‘yib, “olg‘a” deydigan”.

Ukraina bosh prokuraturasi Mudofaa vaziri o‘rinbosari Vyacheslav Shapovalovga va ikki boshqa davlat tashkiloti xodimiga korrupsiya ayblovlarini e’lon qildi.

"Ukrainskaya pravda" gazetasining xabariga ko‘ra, mamlakat Qurolli kuchlarining ayrim qo‘shinlarini harbiy kiyim-kechak ta’minlashda davlat mablag‘lariga xiyonat qilingan. Sifatsiz mahsulotlar keltirish bilan birga, jinoyatchilar davlatga 27,27 million dollar miqdorida zarar keltirishgan.

 

Abror XON,

O‘zA