French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Efiopiyada vulqon “uyg‘ondi”
16:31 / 2025-11-25

Efiopiyada bir necha asrlardan buyon “uyquda yotgan” “Hayli-Gubbi” vulqoni faollashib, atmosferaga katta miqdorda kul uloqtirdi, deb xabar bermoqda “BBC” nashri.

Ta’kidlanishicha, hosil bo‘lgan kul uyumi Qizil dengiz orqali O‘mon va Yaman hududlaridan o‘tib, Hindiston poytaxti Dehli osmonigacha yetib borgan. Natijada hindlarning “Air India” kompaniyasi 11 ta reysni bekor qildi

Shuningdek, “IndiGo”, “Akasa Air” va “KLM” aviakompaniyalari ham parvozlarida uzilishlar kuzatilganini bildirgan.

Ekologlar fikricha, bu kabi vulqon kullari juda kam uchraydi va uning zararlilik darajasi aniq emas. Shunga qaramay, Dehlidagi havo sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi ma’lum qilingan.

D.Hakimov, O‘zA