Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Efiopiyada ko‘chki: 160 ga yaqin odam halok bo‘ldi
15:54 / 2024-07-23

Efiopiya janubidagi Gofa mintaqasida, poytaxt Addis-Abebadan 450 km masofada sodir bo‘lgan ko‘chki oqibatida kamida 157 kishi halok bo‘lgan.

AzerTAJ xabariga ko‘ra, hodisa 22 iyul kuni mahalliy vaqt bilan soat 10:00 atrofida kuchli yomg‘irdan keyin kuzatilgan. Mintaqaviy axborot agentligi Gofa rasmiylaridan iqtibos keltirib, ikki marta ko‘chki yuz berganini ma’lum qildi. Birinchi fojiadan keyin odamlar jabrlanganlarga yordam berishga shoshilgan va ikkinchi ko‘chki ostida qolgan.

– Omon qolganlarni qidirish davom etyapti, hali daragi chiqmagan shaxslar bor, – dedi Gofa Tabiiy ofatlarni boshqarish milliy agentligi rahbari Markos Melese. – Hudud hozir qiyin ahvolda. Ikki qishloqdan 157 jasad topildi. Qurbonlar soni ortishi taxmin qilingan.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Gumanitar yordam agentligi ma’lumotiga ko‘ra, Efiopiya aprel va may oylarida qisqa muddatli mavsumiy yomg‘irdan jiddiy aziyat chekdi. Natijada suv toshqini va keng ko‘lamli yer ko‘chishi kelib chiqdi.