Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Efiopiyada BMT Oziq-ovqat tizimlari bo‘yicha sammit o‘tkazilmoqda
15:18 / 2025-07-29

Efiopiyaning Addis-Abeba shahrida BMT Oziq-ovqat tizimlari bo‘yicha ikkinchi sammiti (Second United Nations Food Systems Summit Stocktake – UNFSS+4) o‘z ishini boshladi.

E’tiborli jihati, mazkur nufuzli anjumanda O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda. Sammit BMTning Afrika uchun Iqtisodiy komissiyasi (UNECA) markazida o‘tkazilmoqda. 

Forum global oziq-ovqat tizimlarini barqaror, inklyuziv va adolatli yo‘nalishda rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, unda BMTga a’zo davlatlar vakillari, hukumat rahbarlari, xalqaro tashkilotlar, yetakchi olimlar va xususiy sektor mutasaddilari ishtirok etmoqda.

Yig‘inni Efiopiya Bosh vaziri Abiy Ahmed Ali hamda Italiya Bosh vaziri Jorjiya Meloni tantanali tarzda ochib berdi. BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish esa sammitga onlayn tarzda murojaat yo‘lladi.

Tadbir doirasida ikki kun davomida yuqori darajadagi uchrashuvlar, vazirlar ishtirokidagi davra suhbatlari, investitsion muloqotlar, hamkorlik forumlari hamda milliy taqdimotlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Asosiy sessiyalarda global oziq-ovqat xavfsizligi, moliyalashtirish va investitsiya bilan bog‘liq muammolar, shuningdek, 2030 yilgacha bo‘lgan Barqaror Rivojlanish Maqsadlariga erishishda davlatlararo hamkorlik masalalari muhokama qilinmoqda.

Delegatsiyamiz tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan agrar islohotlar, innovatsion yondashuvlar va oziq-ovqat tizimining barqarorligini ta’minlash borasidagi amaliy ishlar haqida yig‘ilganlarga ma’lumot berildi.

O‘zA