English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Efiopiyada aviazarba oqibatida 64 kishi halok bo‘ldi
16:26 / 2021-06-25

Efiopiyaning Tigray hududida aviazarba natijasida halok bo‘lganlar soni 64 kishiga yetgan, yana 180 kishi jarohat olgan, deb xabar berdi Frans Press agentligi.

Kuni kecha Assoshieyted Press agentligi Tigrayda aviazarba natijasida 50 kishi halok bo‘lgani, 100 dan ziyod kishi jarohat olgani haqida yozgan edi. Kamida 33 kishi bedarak yo‘qolgani haqda ham aytilgan.

Guvohlarning aytishicha, aviazarba Togoga shahrida bozor bo‘ladigan kunda kunduzi amalga oshirilgan.

«Hozirgacha 64 kishi qurbon bo‘lgani va 180 kishi jarohat olgani aniqlandi. Aviazarba bozor hududiga berilgan, shu sababli juda ko‘p odam jarohatlangan», – deydi ma’muriy hudud rahbarining sog‘liqni saqlash bo‘yicha maslahatchisi Mulu Atsbaxa agentlik muxbiri bilan suhbatda.

Avvalroq mamlakat qurolli kuchlari rasmiy vakili Getnet Adane Tigray hududiga havodan zarba bergan Efiopiya harbiylari tinch aholini emas, jangarilarni nishonga olgani haqda bayonot bergandi.