“Edmonton” darvozaboni yiliga 4,5 million dollar oladi
Milliy xokkey ligasida ishtirok etuvchi “Edmonton” klubi darvozabon Mikko Koskinen bilan yangi shartnoma imzoladi.
Milliy xokkey ligasida ishtirok etuvchi “Edmonton” klubi darvozabon Mikko Koskinen bilan yangi shartnoma imzoladi.
Jamoa va 30 yoshli finlyandiyalik golkiper oʻrtasidagi shartnoma 3 yil muddatga tuzildi. “Edmonton” klubi Mikkoga yiliga 4,5 million dollar toʻlaydigan boʻldi. Avvalgi shartnomaga koʻra, Mikko mazkur jamoada 2,5 million dollar maosh olar edi.
Mikko “Edmonton” darvozaboni sifatida 27 marotaba muzga tushdi hamda 14 marta gʻalaba qozondi.