Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Edge Intelligence asosida IoT tizimlarida optimallashtirilgan ma’lumotlar tahlili
10:47 / 2025-07-10

Gulora Razzakberdi qizi RAZZAKOVA o‘qituvchi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali Urganch, O‘zbekiston razzakovag0597@gmail.com

PDF shaklida yuklab olish

Annotatsiya

Ushbu maqolada Internet of Things (IoT) tizimlarida Edge Intelligence texnologiyasidan foydalangan holda ma’lumotlar tahlilini optimallashtirish masalalari yoritiladi. An’anaviy bulutli hisoblash arxitekturalari yuqori tarmoq kechikishi, markazlashgan yuklama va maxfiylik muammolari bilan yuzlashayotgan bir paytda, edge darajada ma’lumotni tahlil qilish va sun’iy intellekt modellarini chekka qurilmalarga integratsiyalash samarali yechim sifatida ilgari suriladi.

Shuningdek, edge intelligence konsepsiyasi yordamida IoT qurilmalarining real vaqtda ishlashi, past kechikishli va xavfsiz qaror qabul qilish imkoniyatlari, hamda avtonom tizimlarni yaratishdagi o‘rni ko‘rib chiqiladi. TinyML (chekka qurilmalar uchun yengil sun’iy intellekt), 5G tarmoqlari va boshqa ilg‘or texnologiyalar bilan integratsiyada edge intelligence asosida ma’lumotlar tahlilini qanday optimallashtirish mumkinligi tahlil qilinadi.

Tayanch so’zlar: Internet of Things (IoT), Edge Computing, Edge Intelligence, Sun’iy intellect, Tarmoq kechikishi, Avtonom tizimlar, TinyML, 5G texnologiyasi, Aqlli qurilmalar, Ma’lumotlarni chekka darajada qayta ishlash.