Ebola virusiga chalinganlar miqdori 1400 nafarga yetdi
2018 yilning iyulidan shu paytgacha Kongo Demokratik Respublikasida Ebola virusiga chalinganlar miqdori 1400 nafarga yetdi.
2018 yilning iyulidan shu paytgacha Kongo Demokratik Respublikasida Ebola virusiga chalinganlar miqdori 1400 nafarga yetdi.
Shulardan 900 kishi kasallik qurboni boʻldi. Bu haqda Afrika davlati sogʻliqni saqlash vazirligining Twitterdagi sahifasida maʼlumot berilgan.
Hozirda kasallik yuqtirgani gumon qilingan 234 kishi tekshirilmoqda. Bir kecha-kunduzda kasallik yuqtirilgan 21 holat aniqlangan.
Oʻtgan yilning avgustidan buyon 109 ming 239 kishi kasallikka qarshi emlangan, 11 kishi tuzalib ketgan.