Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
E.Basitxanova sirdaryolik shifokorlarga ko‘rsatma va o‘z tavsiyalarini berdi
19:01 / 2021-01-11

Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Basitxanova Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurib, bu yerdagi bir qator tibbiyot muassasalaridagi shart-sharoit, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati, “Guliston tibbiyot klaster” loyihasi bilan yaqindan tanishdi.

“Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da fuqarolarga malakali tibbiy xizmat hamda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatish sifat va samaradorligini oshirish borasida Sirdaryo viloyatida ham bir qator xayirli ishlar amalga oshirilmoqda. Aholining barcha qatlamlarini tibbiy xizmat bilan qamrab olish imkoniyatlarini yanada kengaytirilayotgani mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning yorqin samarasidir.

Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Bositxonova viloyatga tashrifi chog‘ida, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatish tizimi rahbarlari va mutaxassislarining mas’uliyatini oshirishga oid qator choralar nazarda tutilganligini alohida e’tirof etdi. Vazir o‘rinbosari viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Rustam Yuldashev hamrohligida viloyatidagi bir qator tibbiyot muassasalariga tashrif buyurib, u yerda bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati, dori-darmonlar ta’minotini ko‘zdan kechirdi.

Viloyat aholisini xatlovdan o‘tkazish, antropometrik ko‘rsatkichlarni o‘lchash jarayonlari, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatishning holatini o‘rgandi. Viloyatda amalga oshirilayotgan yirik “Guliston tibbiyot klasteri” loyihasi bilan tanishdi.

E.Basitxanova, tibbiy xizmat sifati va samaradorligini oshirish, Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan vazifalar va Davlatimiz rahbarining soha bo‘yicha qabul qilgan qator farmon va qarorlari ijrosini ta’minlash yuzasidan viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi, shahar va tuman tibbiyot birlashmalari, shifoxonalar bosh shifokorlari va xodimlariga aniq ko‘rsatma va o‘z tavsiyasini berdi.

A.QAYUMOV, O‘zA