Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rossiya tinchlikparvarlari Tog‘li Qorabog‘ni minalardan tozalashni boshladi
12:56 / 2020-11-24

«Tog‘li Qorabog‘dagi Rossiya tinchlikparvarlari o‘z nazoratidagi hududlarni minalardan tozalashni boshladi», deb xabar bermoqda «Ria Novosti» Rossiya mudofaa vazirligi matbuot xizmatiga asoslanib.

Mudofaa vazirligi topilgan o‘q-dori va portlovchi moddalarni poligonga olib ketilayotganini, keyinchalik ular portlatilishi, ko‘chirib o‘tish mumkin bo‘lmagan o‘q-dorilar joyida yo‘q qilinishini ta’kidlaydi.

«Rossiya muhandislik bo‘linmalari tinchlikparvarlik kuzatuv punktlari va jamoat yo‘llari orqali harakatlanish marshrutida muhandislik razvedkasi va minalardan tozalash bo‘yicha vazifalarni bajaradi», deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinishicha, minalardan tozalashda ishtirok etayotgan harbiy xizmatchilar maxsus himoya kostyumlari, portlovchi moddalarni aniqlaydigan zamonaviy detektor bilan jihozlangan.