French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
E’tibor va imkoniyat samarasi
19:56 / 2014-08-05

Mamlakatimizda qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish daromadli sohalardan biriga aylandi. Bugun nafaqat shaharlar, balki chekka qishloqlardagi korxonalarda ham keng turdagi ana shunday mahsulotlar tayyorlanmoqda.

Mamlakatimizda qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish daromadli sohalardan biriga aylandi. Bugun nafaqat shaharlar, balki chekka qishloqlardagi korxonalarda ham keng turdagi ana shunday mahsulotlar tayyorlanmoqda. Buning natijasida bozorlaru savdo markazlari rastalari turli shirinliklar bilan to‘lib-toshgan.

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mustaqillik yillarida iqtisodiy sohada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar samarasida barcha sohalar qatori ichki bozorni sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘ldirish va aholining iste’mol mollariga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlashda ulkan yutuqlarga erishilmoqda. Buni qandolat mahsulotlari, chanqovbosdi ichimliklar, non va non mahsulotlari ishlab chiqarishda ham ko‘rish mumkin.

Davlatimiz rahbarining 2011-yil 31-oktabrdagi “2012-2015-yillarda respublika oziq-ovqat sanoatini boshqarishni tashkil etishni yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mahsulotni qayta ishlash korxonalarini barpo etish, mavjudlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilishda dasturulamal bo‘lmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatimizda yiliga 1 ming 300 tonnadan ortiq konfet, karamel, marmelad, holva va boshqa mahsulotlar tayyorlanmoqda. Bu ichki bozorni arzon, sifatli va raqobatbardosh shirinliklar bilan to‘ldirish imkonini berayotir. Xususan, poytaxtimizning Yunusobod tumanida joylashgan «Shox Rrodukt Rlus» mas’uliyati cheklangan jamiyatida ham qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi tobora oshmoqda. 2009-yilda ish boshlagan korxonada dastlab to‘rt xil shirinlik tayyorlangan bo‘lsa, bugungi kunda zamonaviy texnologiyalar asosida yuzdan ziyod turdagi sifatli qandolat mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda.

Korxona rahbari Nazira Isroilova xotin-qizlar va yoshlarga hunar o‘rgatish, ularni ish bilan ta’minlash borasida xayrli ishlarni amalga oshirmoqda. Bu yerda «ustoz-shogird» maktabi yo‘lga qo‘yilib, yigirma nafardan ziyod yigit-qizning soha sirlarini o‘rganishi uchun qulay sharoit yaratilgan.

– Davlatimiz rahbarining tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratayotgan e’tibori bizga kuch-g‘ayrat bag‘ishlamoqda, – deydi N.Isroilova. – Sog‘lom raqobat muhitida ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘lamini yanada oshirish niyatidamiz.