French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
E-IJRO AUKSION savdolarida 22ta davlat mulki ob’ekti 423 million so‘mga sotildi
10:22 / 2019-04-23

Joriy yilning 15-19 aprel kunlari "E-IJRO AUKSION" elektron onlayn-auksion savdolarida boshlang‘ich narxi 1 so‘mga teng qiymatdagi 22 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari, 106 ta yer uchastkasiga bo‘lgan huquq va sud hujjatlarini ijro etish bo‘yicha 57 ta ob’ekt sotildi.


Joriy yilning 15-19 aprel kunlari "E-IJRO AUKSION" elektron onlayn-auksion savdolarida boshlang‘ich narxi 1 so‘mga teng qiymatdagi 22 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari, 106 ta yer uchastkasiga bo‘lgan huquq va sud hujjatlarini ijro etish bo‘yicha 57 ta ob’ekt sotildi. 

Davlat mulki ob’ektlari

Ushbu haftada "E-IJRO AUKSION" elektron onlayn-auksion savdolarida boshlang‘ich narxi 1 so‘m qilib belgilangan bo‘sh turgan 22ta davlat mulki ob’ekti 7 mlrd 400 mln. so‘m investitsiya kiritish, 201ta yangi ish o‘rinlarini yaratish sharti bilan 423 mln. so‘mga sotildi. Bundan tashqari 8 ta ob’ekt sotuvga chiqarildi.

Yer uchastkalariga bo‘lgan huquq

Yer resurslari bo‘yicha elektron onlayn-auksionlarda ushbu haftada jami 106 ta yer uchastkasiga bo‘lgan huquq 26 mlrd. 582 mln. investitsiya kiritish va500 dan ortiq yangi ish o‘rinlarini yaratish sharti bilan 913 mln. so‘mga sotildi. Hafta davomida 43 yer uchastkasiga bo‘lgan huquq elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarildi.

Sud hujjatlarini ijro etish bo‘yicha

Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish bo‘yicha bo‘lib o‘tgan elektron onlayn-auksionlarda ushbu hafta jami 57ta ob’ekt 12 mlrd 436 mln. so‘mga sotildi. Hafta davomida 44ta ob’ekt elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarildi.

Eslatib o‘tamiz, "E-IJRO AUKSION" elektrononlayn-auksion savdolarida jismoniy va yuridik shaxslar ham mol-mulklarini realizatsiya qilishlari mumkin. Xususan, ushbu xaftada 9 ta yuridik shaxslarning 2 ta boshlang‘ich bahosi 4 mlrd. 189 mln. so‘m bo‘lgan ko‘chmas mulki 6 mlrd. 697 mln. so‘mga va 24 ta boshlang‘ich bahosi 533 mln. so‘m bo‘lgan avtotransport vositalari721 mln.so‘mga sotildi. Ya’ni,elektrononlayn-auksion savdolariga chiqarilgan mol-mulk realizatsiyasi buyurtmachilar uchun kutilgandan-da yaxshiroq natija ko‘rsatdi. 

Yagonaelektron savdo maydonchasida savdoga qo‘yilgan ob’ektlar xususidagi yangiliklarni www.e-auksion.uz va www.uza.uzsaytlari orqali kuzatib boring!

“Elektron onlayn-auksionlarni 
tashkil etish markazi” DUK PRxizmati