French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“E-IJRO AUKSION” savdo maydonchasida shu kungacha qancha yer maydoni sotilgani maʼlum boʻldi
18:19 / 2020-03-10

Parlament quyi palatasida oʻtkazilgan “Hukumat soati”da Davergeodezkadastr qoʻmitasi raisi tizimda amalga oshirilayotgan ishlar haqida toʻxtalib oʻtdi.


Parlament quyi palatasida oʻtkazilgan “Hukumat soati”da Davergeodezkadastr qoʻmitasi raisi tizimda amalga oshirilayotgan ishlar haqida toʻxtalib oʻtdi.

2017-yil 31-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yerlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish yuzasidan nazoratni kuchaytirish, Davergeodezkadastr qoʻmitasining faoliyati samaradorligini tubdan oshirishga qaratilgan farmoni qabul qilindi.

Ushbu hujjat bilan sohada bir necha yillardan beri muammo boʻlib kelayotgan qator masalalar hal qilindi.

Qayd etilganidek, ikki yil avvalgi tartibda tadbirkorlarga shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalari berish, qurilish obyektlarini loyihalashtirish va roʻyxatdan oʻtkazish tartibida yer uchastkalari berish boʻyicha materiallarni tayyorlash, kelishish va tasdiqlash jarayoni umumiy muddati 47 kun belgilanib, 17-bosqichdan iboratligi, amalda esa, yer ajratishga doir materiallarni kelishish jarayoniga uch-toʻrt, baʼzan olti oygacha muddat sarflab kelingan.

2018-yil 1-iyuldan boshlab, boʻsh turgan yer uchastkalari tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun faqat “E-IJRO AUKSION” savdo maydonchasi orqali berilishi belgilandi va shu munosabat bilan hujjatlar aylanishi faqat elektron-onlayn shaklda amalga oshirilmoqda.

“E-IJRO AUKSION” savdo maydonchasida shu kungacha respublika boʻyicha jami 14 ming 183 loyihada 1849,40 gektar yer uchastkalari tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun onlayn auksionga qoʻyilgan boʻlib, shundan 7 ming 805 loyihada 805,18 gektar yer uchastkasi sotilgan.

Jismoniy va yuridik shaxslar aniq investitsiya majburiyatlari bilan birga, yer uchastkasi va rejalashtirilayotgan qurilish obyekti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni joylashtirish yuzasidan takliflar kiritishi uchun “Ye-kadastr.uz” ochiq elektron portali yaratildi. Bunda jismoniy yoki yuridik shaxs ushbu elektron portalga OneID - yagona identifikatsiya tizimi orqali kirib, investitsiya majburiyatlari bilan birga, yer uchastkasi va rejalashtirilayotgan qurilish obyekti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritadi.

Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish borasida korrupsiya holatining oldini olish boʻyicha kadastr pasportini taqdim etish uchun murojaatlar joylardagi davlat xizmatlari markazlari qabul qilinishi yoʻlga qoʻyildi.

Fuqaro yoki tadbirkor koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda Davlat reyestridan koʻchirma taqdim etish joylardagi davlat xizmati markazlari, davlat notariuslari orqali yoki Interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali taqdim etish tizimi joriy qilindi.