Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“E-auksion”da g‘olib bo‘lganlarning hujjatlari rasmiylashtirib berildi
15:48 / 2022-03-17

bugungi kunda respublikamizda yetishtirilayotgan 80 turdan ortiq qishloq xo‘jaligi mahsulotlari dunyoning 66 ta mamlakatiga eksport qilinmoqda. Bunda meva-sabzavotlar va dukkakli mahsulotlarning eksport hajmi 2016 yildan 2021 yilga qadar qariyb 2 barobarga oshgan.

Shu bilan birga, paxta va g‘alladan qisqartirilayotgan yer maydonlarida bog‘dorchilik, uzumchilik, poliz va sabzavotchilik, dukkakli va moyli ekinlarni yetishtirish sohasida eksportbop qishloq xo‘jaligi ekinlari ekishni ko‘paytirish, shuningdek, aholining keng qatlamlarini jalb qilish orqali ushbu yerlardan samarali foydalanish tizimini yaratish evaziga tarmoqda qo‘shimcha o‘sishga erishishda ilmiy asoslangan yondashuv va o‘rganishlarni inobatga olish taqozo etilmoqda.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, 1 gektar maydonda yetishtirilgan paxta xomashyosiga nisbatan uzumdan yetti baravar, gilosdan olti baravar, yong‘oqdan besh baravar ko‘p daromad olish hamda ushbu yerlarda oilaviy tadbirkorlik doirasida kichik intensiv bog‘dorchilik, uzumchilik, poliz, dukkakli, moyli ekinlar, kartoshka yetishtirish va sabzavotchilik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash orqali “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turgan ehtiyojmand oilalarning daromadli mehnat bilan bandligini ta’minlash bo‘yicha katta imkoniyat mavjud.

Aholining daromad topishga qaratilgan tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, aholiga agrar tarmoqda o‘z biznesini tashkil etishga ko‘maklashish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda dehqon xo‘jaliklarining ulushini oshirish va qishloq xo‘jaligini diversifikatsiyalash orqali oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida Davlat xizmatlari agentligi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan ham belgilangan ustuvor vazifalarni bajarishda muayyan ishlar amalga oshirildi.

Xususan, tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazlari tomonidan aholiga qulayliklar yaratish maqsadida “E-auksion”da ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlarga “Sayyor xizmat” tartibida mahallalarning o‘zida 36 mingdan ortiq ERI (elektron imzo kalit)lari olib berildi.

Shuningdek, Davlat xizmatlari markazlari tomonidan sayyor tartibda “E-auksion”da g‘olib bo‘lgan 5200 dan ortiq nomzodlarni hujjatlari tegishli tartibda rasmiylashtirilib dehqon xo‘jaligi sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazib berildi.

O‘lmas Barotov, O‘zA