e-auksion.uz: Bugun Captiva 107,5 mln, MATIZ 20,6 mln, Damas 23 mln. so‘mga sotildi
e-auksion.uz saytida bo‘lib o‘tgan bugungi elektron onlayn-auksion savdolarida 197 ta lot uchun savdolar bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu onlayn savdolarda ishtirok etish uchun 1623 ta ariza kelib tushgan.
e-auksion.uz saytida bo‘lib o‘tgan bugungi elektron onlayn-auksion savdolarida 197 ta lot uchun savdolar bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu onlayn savdolarda ishtirok etish uchun 1623 ta ariza kelib tushgan.
155 ta yer uchastkalari, 25 ta avtotransport vositalari hamda 17 ta davlat mulki ob’ekti ijarasi uchun savdolar boshlangan. Mol-mulklar uchun savdolar qizg‘in bormoqda.
Ayrim lotlar uchun savdolar o‘z yakuniga yetdi. Ularning ayrimlari bilan quyida tanishishingiz mumkin:
- boshlang‘ich narxi 82 mln. so‘m bo‘lgan Captiva avtomobili 107,5 mln. so‘mga sotildi;
- boshlang‘ich narxi 19,8 mln. so‘m bo‘lgan MATIZ avtomobili 20,6 mln. so‘mga sotildi;
- boshlang‘ich narxi 3,9 mln. so‘m bo‘lgan GAZ-3110 avtomobili 15,9 mln. so‘mga sotildi;
- boshlang‘ich narxi 26,3 mln. so‘m bo‘lgan CITROEN avtomobili 27,6 mln. so‘mga sotildi;
- boshlang‘ich narxi 44,5 mln. so‘m bo‘lgan Hyundai Sonata avtotransporti 53,8 mln. so‘mga sotildi;
- boshlang‘ich narxi 21,9 mln. so‘m bo‘lgan Damas avtomobili uchun 23 mln. so‘m miqdoridagi narx tasdiqlanib, ushbu mulklar uchun onlayn-auksionlar yakunlangan.
Siz ham onlayn-auksionda avtomobilga ega bo‘ling! Yuzlab avtomototransport vositalari e-auksion.uz saytida!
“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK