E-AUKSION.UZ: bir hafta davomida 22 mlrd. so‘mlik savdolar bo‘lib o‘tdi
2019 yilning 16-20 dekabr kunlari “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK tomonidan o‘tkazilgan elektron onlayn-auksionlarda 246 ta mol-mulklar 22 mlrd. 223 mln. so‘mga sotildi.
2019 yilning 16-20 dekabr kunlari “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK tomonidan o‘tkazilgan elektron onlayn-auksionlarda 246 ta mol-mulklar 22 mlrd. 223 mln. so‘mga sotildi.
Auksion savdolarida mol-mulklarning yo‘nalishlar bo‘yicha sotilgan narxi va soni bilan tanishing.
*Yer resurslari jami 6,4 mlrd.so‘m investitsiya kiritish va 91 ta ish o‘rni yaratish majburiyati bilan xarid qilingan.
**1 so‘mlik bo‘sh binolar jami 11,7 mlrd. so‘m investitsiya kiritish va 63 ta ish o‘rni yaratish sharti bilan sotilgan.
2019 yil 23 dekabr holatiga ko‘ra, elektron savdo maydonchasida jami 8 mingga yaqin mol-mulklar mavjud bo‘lib, ularni xarid qilishni istagan fuqarolar auksion savdolarida ishtirok etishlari mumkin.
Shu bilan birga, joriy hafta davomida boshlang‘ich yillik ijara stavkasi 194,5 mln. so‘m bo‘lgan 58 ta davlat mulki ob’ekti 203,6 mln. so‘mga ijaraga berildi.
Yagona elektron savdo maydonchasida savdoga qo‘yilgan ob’ektlar xususidagi yangiliklarni www.e-auksion.uz orqali yoki rasmiy kanal va sahifalarimizni kuzatib boring!
“Elektron onlayn-auksionlarni
tashkil etish markazi” DUK PR xizmati