O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Davlat daromadiga olingan mol-mulklarni soddalashtirilgan auksion tamoyillari asosida “E-auksion shop” elektron savdo do‘koni orqali sotish tartibi to‘g‘risida” qaror qabul qildi.
Unga ko‘ra, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining davlat daromadiga olingan mol-mulklarni (oziq-ovqat mahsulotlari, avtomototransport, ko‘chmas mulk va qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa mulkiy huquqlar bundan mustasno) soddalashtirilgan auksion tamoyillari asosida sotish maqsadida “E-auksion” elektron savdo platformasida “E-auksion shop” elektron savdo do‘koni faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Qaror bilan davlat daromadiga olingan mol-mulklarni soddalashtirilgan auksion tamoyillari asosida “E-auksion shop” elektron savdo do‘koni orqali sotish tartibi to‘g‘risidagi nizom ham tasdiqlandi.
Nizomda “E-auksion” elektron savdo platformasida ro‘yxatdan o‘tish, buyurtma yaratish va savdo o‘tkazilishi to‘g‘risidagi xabarnomani joylashtirish;
“E-auksion shop” elektron savdo do‘konida soddalashtirilgan auksion tamoyillari asosida savdolarni tashkil etish va o‘tkazish;
“E-auksion shop” elektron savdo do‘konida takroriy savdolarni o‘tkazish;
savdo g‘olibi (salohiyatli g‘olib) bilan hisob-kitob qilish va zakalat pulini qaytarish tartibi belgilangan.
Sh.Mamaturopova, OʻzA