Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«E-auksion» orqali suv havzalari ijaraga beriladi
11:05 / 2024-04-16

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, «E-auksion» elektron savdo platformasidagi onlayn-auksion orqali tadbirkorlarga suv havzalari ijaraga beriladi.

Xususan, bu yerda  sanoat naslchiligi va baliqchilik uchun tabiiy va sun’iy suv havzalarini ijaraga olish mumkin. Shuningdek, auksion orqali plyaj zonalari qurish,  baliq ovlash,  qayiqda suzish  va suv sayohatlarini amalga oshirish,  baliq mahsulotlari, jumladan baliqli taomlar savdosi xizmatlarini taqdim etish uchun daryolar atrofidagi hovuzlar, suv omborlari va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini ham ijaraga olish mumkin.  

Roman BONDARCHUK tayyorladi, O‘zA