Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dzyudochilarimizning medallari
12:01 / 2015-03-02

Varshava (Polsha) shahrida dzyudo bo‘yicha erkaklar o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro turnirda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari bittadan oltin va kumush, uchta bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Varshava (Polsha) shahrida dzyudo bo‘yicha erkaklar o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro turnirda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari bittadan oltin va kumush, uchta bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Musobaqada o‘ttizdan ziyod davlatdan 255 nafar dzyudochi sovrinli o‘rinlar bilan birga 2016-yili Braziliyada bo‘ladigan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi muhim reyting ochkolari uchun bahslashdi.

Vazni 60 kilogrammgacha bo‘lgan dzyudo ustalari o‘rtasidagi hal qiluvchi bellashuvda o‘zbekistonlik ikki polvon – Sharofiddin Lutfullayev va Diyorbek O‘rozboyev o‘zaro kuch sinashdi.

Finalgacha Sharofiddin Lutfullayev belgiyalik Adlan Kachikayev, germaniyalik Joyerg Onufriyev, polshalik Lukats Kiyelbasinski, chexiyalik Pavel Petrikovni yenggan bo‘lsa, Diyorbek O‘rozboyev turkiyalik Bakir Ozlu, belgiyalik Adriyen Kvertinmont, qozog‘istonlik G‘usman Qirg‘izboyev va braziliyalik Erik Takabatakeni mag‘lubiyatga uchratdi.

Ikki dzyudochimiz o‘rtasidagi hal qiluvchi bellashuvda Sharofiddin Lutfullayev shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.

Hamyurtlarimizdan Rishod Sobirov, Sharofiddin Boltaboyev va Sherali Jo‘rayev o‘z vazn toifasida uchinchi o‘rinni egalladi.