Dzyudochilarimiz Yevropa kubogida ikkinchi bo‘ldi
Sloveniya poytaxti Lyublyana shahrida dzyudo bo‘yicha Yevropa kubogi o‘z yakuniga yetdi. Quvonarlisi, musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 5 ta medalga sazovor bo‘ldi.
Aniqroq aytadigan bo‘lsak, Aleksey Budolin bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi 2 ta oltin va 3 ta bronza medaliga ega chiqdi. Jumladan, Samariddin Qo‘chqorov (-60 kg) va Dilshod Hamroyev (-66 kg) oltin medalni ko‘lga kiritgan bo‘lsa, Elbek Tojiyev, Alisher Samanov va Muhammadali Tangriyev o‘z vazn toifalarida bronza medal bilan taqdirlandi.
Shu tariqa, 44 davlatdan kelgan 500 nafarga yaqin dzyudochi medallar va jahon reyting ochkosi uchun bahs olib borgan ushbu musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi medallar jamg‘arish bo‘yicha ikkinchi o‘rindan joy oldi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA