Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dzyudochilarimiz Yaponiya va Turkiya terma jamoalari bilan qo‘shma yig‘inda qatnashmoqda
10:39 / 2026-01-14

Shu kunlarda O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Yaponiya poytaxti Tokio shahrida o‘tayotgan xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etmoqda.

Bosh murabbiy Aleksey Budolin yetakchiligidagi dzyudochilarimiz rejaga ko‘ra, 11-18 yanvar kunlari kunchiqar yurtning Kokushikan, 18-24 yanvarda Tokayi, 24-30 yanvar kunlari esa Nihon universiteti qoshidagi dzyudo markazida mashg‘ulot o‘tkazishi belgilangan.

Mahoratli va tajribali sportchilarimiz Davlat Bobonov, Alisher Yusupov, Shahram Ahadov qatorida yosh dzyudochilar Bahrom Boturov, Samariddin Qo‘chqorov, Zamohshari Bekmurodov, Abdurahim Nutfulloyev, Arslon Tojiyev, Shahzodxo‘ja Sharipov, Umar Bozorov, Ernazar Sarsenbayev ishtirok etayotgan mashg‘ulotlarda Yaponiya va Turkiya terma jamoalarining a’zolari ham qatnashmoqda.

Kunchiqar yurtda o‘tayotgan yig‘in terma jamoamiz uchun fevral-mart oylarida poytaxtimizda tashkil etiladigan yilning ilk xalqaro musobaqasi – “OTP Group Tashkent Grand Slam 2026”ga tayyorgarlikning muhim bosqichi hisoblanadi.

T.Ro‘ziyev,  

O‘zA