Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dzyudochilarimiz yana shohsupaga ko‘tarildi
21:14 / 2026-02-28

Poytaxtimizdagi “Humo Arena” sport majmuasida dzyudo bo‘yicha “OTP Group Tashkent Grand Slam 2026” turniri qizg‘in va murosasiz bahslarga boy o‘tmoqda.

“Katta dubulg‘a” turkumidagi ushbu musobaqaning -73 kg. vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Shahram Ahadov finalga qadar barcha raqiblarini yengib, kumush medalga sazovor bo‘ldi. Mazkur vazn toifasida bronza medali uchun kechgan bellashuv esa ikki nafar o‘zbekistonlik sportchi — Muhammad Jumayev hamda Elbek Tojiyev o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. 

Qiziqarli kechgan qarama-qarshilik yakunida E.Tojiyev g‘alabaga erishib, shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi. Shuningdek, -81 kg. vazn toifasida esa Murodjon Yo‘ldoshev terma jamoamiz hisobiga yana bir bronza medalini taqdim etdi. Eslatib o‘tamiz, kuni kecha “OTP Group Tashkent Grand Slam 2026” turnirida Shukurjon Aminovaning oltin va Doston Ro‘ziyev bronza medalini qo‘lga kiritgan edi. 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA