Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dzyudochilarimiz "Portugaliya – 2024 Gran-pri” da ishtirok etmoqda
10:24 / 2024-01-26

Bugun, 26 yanvar kuni dzyudo bo‘yicha yilning ilk nufuzli musobaqasi – “Portugaliya – 2024 Gran-pri” xalqaro turniri boshlanadi.

Parij – 2024 Olimpiya o‘yinlarining reyting ochkolarini taqdim etadigan ushbu nufuzli musobaqada 90 mamlakatning 624 nafar sportchisi qatori yurtimizning iste’dodli dzyudochilari ham bahslarda ishtirok etishga hozirlanmoqda.  

Xalqaro turnir dasturiga muvofiq, bugun bellashuvlarda yengil vazn toifasidagi sportchilar o‘rtasida g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi.

Kun davomida “Portugaliya-2024 Gran-pri” bahslarida terma jamoamiz a’zolaridan 60 kilogrammda Dilshod Baratov, 66 kilogrammda Muhriddin Tilovov tatamiga chiqsa, qizlarimizdan 48 kilogrammda Halima Qurbonova, 52 kilogrammda Diyora Keldiyorova va Sita Qadamboyeva, 57 kilogrammda Shukurjon Aminova sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib borishadi.

Xalqaro turnir musobaqalari 28 yanvarga qadar davom etadi.

 

T. Ro‘ziyev, O‘zA