French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dzyudochilarimiz Osiyo chempionatini 8 ta medal bilan boshladi
20:47 / 2025-09-11

Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida o‘tayotgan kadetlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining birinchi kunida O‘zbekiston terma jamoasi 8 ta medalga sazovor bo‘ldi.

Jumladan, musobaqaning -40 kg. vaznida Dilafro‘z Boltaboyeva final bellashuvida boshqa bir dzyudochimiz Mohinur Olloberganovani yengib, oltin medalga ega chiqdi. Mohinur esa kumush medal bilan taqdirlandi. 

Vazni -48 kg. bo‘lgan Nargiza Do‘stmamatova barcha raqiblarini taslim etgan holda termamiz hisobiga ikkinchi oltinni keltirdi. Shuningdek, Muhammadkarim Nosirov (-60 kg) va Sanjarbek Ashurov (-66 kg) o‘z vaznlarida musobaqa g‘olibiga aylandi.

Ilk kungi bellashuvlarda Nigina Umrzoqova kumush, Muhammadkarim Shodmonov va Abubakr Sattorov bronza medali bilan taqdirlandi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA