Dzyudochilarimiz Osiyo chempionatida to‘liq tarkib bilan ishtirok etadi
Joriy yilning 4-7 avgust kunlari Qozog‘istonda dzyudo bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Qit’amizning eng kuchli 21 ta terma jamoasi o‘rtasida kechadigan musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi 18 nafar sportchi bilan, ya’ni to‘liq tarkibda g‘oliblik uchun bahs olib boradi, – deyiladi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabarida.
O‘zbekiston dzyudo federatsiyasining ma’lum qilishicha, jamoamiz musobaqada quyidagi tarkibda qatnashadi:
–60 kg: Mirzohid Mahammadjonov
–66 kg: Muhriddin Tilovov
–73 kg: Murodjon Yo‘ldoshev
–73 kg: Obidxon No‘monov
–81 kg: Ramazon Allaberdiyev
–90 kg: Shermuhammad Jandreyev
–100 kg: Otabek To‘rayev
+100 kg: Bekmurod Oltiboyev
+100 kg: Shohrux Baxtiyorov
–48 kg: Gulnur Muratboyeva
–52 kg: Diyora Keldiyorova
–52 kg: Sita Qadamboyeva
–57 kg: Nilufar Ermagambetova
–63 kg: Farangiz Hojiyeva
–70 kg: Gulnoza Matniyozova
–70 kg: Shohista Nazarova
–78 kg: Shirinjon Yo‘ldosheva
+78 kg: Fotima Quramboyeva
O‘zA