French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dzyudochilarimiz muvaffaqiyatlari
10:24 / 2023-06-19

Qozog‘istonning Ostona shahrida dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turkumidan o‘rin olgan xalqaro musobaqada terma jamoamiz 3 bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Dunyoning 40 mamlakatidan kelgan dzyudochilar ishtirok etgan musobaqada Doston Ro‘ziyev, Halimjon Qurbonov va Sita Qadamboyeva kabi polvonlarimiz terma jamoamiz hisobiga bronza medallarini keltirdi.

Ushbu natija orqali yuqoridagi polvonlarimiz 2024 yili Parij shahrida bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlari reytingi uchun o‘z hisoblariga 250 ochkoni yozib qo‘ydi. Umid qilamizki, kelgusi turnirlarda dzyudochilarimiz bundanda yuqori natijalarni qayd etadi.

 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA muxbiri