Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dzyudochilarimiz muvaffaqiyati
15:11 / 2015-03-30

Mamlakatimiz dzyudochilari xalqaro miqyosdagi musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, 2016-yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi muhim reyting ochkolarini qo‘lga kiritmoqda.

Mamlakatimiz dzyudochilari xalqaro miqyosdagi musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, 2016-yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi muhim reyting ochkolarini qo‘lga kiritmoqda.

Dzyudochilarimiz Gruziyaning Tbilisi shahrida o‘tkazilgan Gran-pri turkumidagi xalqaro turnirda munosib ishtirok etgandi. Turkiyaning Samsun shahri mezbonlik qilgan Gran-pri turnirida ham polvonlarimiz tajriba va mahoratini namoyish etib, ikkita oltin va bitta bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Musobaqada oltmishdan ziyod davlatdan eng kuchli dzyudo ustalari sovrinli o‘rinlar va 2016-yili Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkaziladigan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi muhim reyting ochkolari uchun bahslashdi.

Turnirning vazni 60 kilogrammgacha bo‘lgan dzyudochilar o‘rtasidagi bellashuvlarida hamyurtimiz Sharofiddin Lutfillayev eng kuchli ekanini isbotladi. U finalga qadar qozog‘istonlik Oybek Imashev, ozarbayjonlik Mehmon Sadigov, gruziyalik Luxumi Chxvimiani va rossiyalik Robert Mshvidobadzeni yengdi. Polvonimiz hal qiluvchi bahsda ozarbayjonlik Orhan Safarovni mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Pekin va London Olimpiadasi sovrindori, dzyudo bo‘yicha ikki karra jahon chempioni Rishod Sobirov vazni 66 kilogrammgacha bo‘lgan dzyudochilar musobaqasida belgiyalik Kennet van Gansbeke, rossiyalik Anzur Ardanov, gruziyalik Tristan Peykrishvili, portugaliyalik Serjiu Oleynik va finalda mo‘g‘ulistonlik Tumurxuleg Davaadorj ustidan g‘alaba qozonib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.

Yana bir hamyurtimiz Sherali Jo‘rayev 90 kilogrammgacha bo‘lgan og‘irlikdagi polvonlar bellashuvida bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi turnirda umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni egalladi.