Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dzyudochilarimiz “Katta dubulg‘a” turnirida qatnashmoqda 
09:15 / 2024-10-11

Bugun, 11 oktyabr Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turniri boshlanadi.

29 mamlakatning 220 nafarga yaqin dzyudochisi ishtirok etayotgan turnirda O‘zbekiston terma jamoasining 16 nafar mahoratli dzyudochisi yurtimiz sharafini himoya qiladi. 

Mukofot jamg‘armasi 154 ming yevrodan iborat Abu-Dabi “Katta Dubulg‘a” turnirining ilk kunida hamyurtlarimizdan Kamoliddin Baxtiyorov va Samariddin Qo‘chqorov -60 kilogrammda, Muxriddin Tilovov va Ismoil Nishonboyev -66 kilogramm og‘irlikda g‘oliblik uchun kurash olib boradi. 

13 oktyabrga qadar davom etadigan turnirda 150 nafar erkak, 69 nafar ayol dzyudochilar ishtirok etmoqda. 

T.Ro‘ziyev, O‘zA