Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dzyudochilarimiz Isroilga yoʻl olishdi
18:24 / 2019-01-22

Bugun dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari Gran-pri turkumiga kiruvchi nufuzli musobaqada qatnashish uchun Isroilga joʻnab ketishdi.

Bugun dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari Gran-pri turkumiga kiruvchi nufuzli musobaqada qatnashish uchun Isroilga joʻnab ketishdi.

Shu yilning 24-26 yanvar kunlari Isroilning Tel-Aviv shahrida oʻtkaziladigan ushbu turnirda 18 nafar sportchimiz Oʻzbekiston sharafini himoya qilishadi. Musobaqaning sovrin jamgʻarmasi 100 000 AQSH dollaridan iborat. Qolaversa, Gran-pri turnirida ishtirokchilar Tokio-2020 olimpiadasi uchun qimmatli reyting ochkolarini ham qoʻlga kiritishadi.

Taniqli sportchi Farhod Toʻrayev boshchiligidagi terma jamoamiz tarkibidan Gʻiyosjon Boboyev, Shahram Ahadov, Sharofiddin Boltaboyev, Sherali Joʻrayev, Davlat Bobonov, Bekmurod Oltiboyev singari yetakchi polvonlarimiz joy olishgan.

Tel-Aviv Gran-prisida qizlarimiz ham oʻz imkoniyatlarini sinovdan oʻtkazishadi. Unda oʻz vazn toifalarida Gulnoza Matniyozova, Diyora Keldiyorova, Gulnoza Ziyoyeva, Nodira Yoʻldosheva, Amina Mamedova singari mahoratli sportchilarimiz gʻoliblik uchun kurashadi.

Shuningdek, ushbu musobaqada xalqaro toifadagi referilarimiz Vyacheslav Pereteyko hamda Ramziddin Saidov hakamlik qilishadi.