Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dzyudochilarimiz Gruziyada 10 ta medalni qo‘lga kiritdi
10:39 / 2025-04-14

Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Gruziyada o‘tgan “Tbilisi Millennium Team Cadet European Cup-2025” turnirida 2 ta oltin, 3 ta kumush, 5 ta bronza, jami 10 ta medal bilan umumjamoa hisobida kuchli uchlikdan joy oldi.

Musobaqada Sa’dulla Ravshanov -73 kg. vazn toifasidagi final bellashuvida mezbonlar vakili Luka Kutateladzeni taslim qilib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Qizlar o‘rtasida vazni 70 kilogrammdan ortiq bo‘lgan dzyudochilar bellashuvida ikki nafar vakilamiz Zarina Bobonazarova va Umida Nig‘matova finalga qadar barcha raqiblarini yengdi. Shu tariqa, mazkur vazndagi so‘nggi hal qiluvchi final bahsi ikki o‘zbek dzyudochisi o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Unda Zarina g‘alaba qozongan bo‘lsa, Umid kumush medali sohibasiga aylandi.

Shuningdek, o‘z vazn toifalarida Dinora Hasanova hamda Muhammadkarim Nosirov kumush, Alina Kolyucheva, Zuhrajon Umarova, Inomjon Bahodirov va Musulmonqul Ahrorov bronza medali bilan taqdirlandi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA