Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dzyudochilarimiz Bokudagi yurishini boshladi
11:15 / 2024-02-16

Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turniri boshlandi. Musobaqaning birinchi kunida yengil vazn toifalarida bellashuvlar o‘tkaziladi.

Turnirda terma jamoamizning 7 nafar a’zosi ishtirok etadi. Aniqrog‘i, vazni -60 kg. bo‘lgan Doston Ro‘ziyev ilk bahsda Aybek Omirov (Turkmaniston) bilan kuch sinashsa, ushbu vazndagi ikkinchi sportchimiz Kamoliddin Baxtiyorov gollandiyalik Tornike Syakadoyega qarshi tatamiga chiqadi.  

Shuningdek, bugun quyidagi dzyudochilarimiz ham bellashuvlarga kirishadi:  

-66 kg: Abdurahim Nutfulloyev – Kubanichbek Aybek ulu (Qirg‘iziston);  

-48 kg: Halima Qurbonova – Marina Vorobyova (Neytral sportchi) / Konul Aliyeva (Ozarbayjon);  

-52 kg: Diyora Keldiyorova – Paulina Martinez (Meksika) / Kseniya Danilovich (Neytral sportchi);  

-57 kg: Shukurjon Aminova – Eteri Lipertaliani (Gruziya);  

-57 kg: Nilufar Ermaganbetova – Sara-Leoni Sizik (Fransiya) / Janar Joldosheva (Qirg‘iziston).  

18 fevral kuniga qadar o‘tadigan mazkur musobaqada dunyoning 62 davlatidan kelgan 404 nafar polvon turnir medallari bilan bir qatorda “Parij-2024" yozgi Olimpiya o‘yinlari hamda qimmatli reyting ochkolari uchun ham raqobatlashadi.  

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA