Dzyudochilar xalqaro mashg‘ulotni qaysi davlatda o‘tkazadi?
Joriy yil davomida dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolarini jahonning turli davlatlarida o‘tadigan bir-biridan qiziqarli va mas’uliyatli chempionatlar, Gran-pri turnirlari, xususan yozgi Osiyo o‘yinlari kutib turibdi.
Mazkur musobaqalarda munosib natijalarga erishishda xalqaro sport maydonlarida tashkil etiladigan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarining ahamiyati beqiyos.
Xo‘sh, yurtimiz dzyudochilari joriy yilgi ilk xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini qaysi davlatda o‘tkazadi?
O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi xabariga ko‘ra, kuni kecha poytaxtimizda o‘tkazilgan bir haftalik mashg‘ulotlarni yakunlagan erkaklar terma jamoasi bugun, 9 yanvar kuni ilk xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazish uchun dzyudo vatani Yaponiyaga jo‘nab ketadi.
Mazkur safar oldidan dzyudochilarimiz O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazida tibbiy tekshiruvdan o‘tkazildi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA