Dzyudochilar mudofaa vaziri kubogida
Toshkentdagi Markaziy harbiy sport klubi majmuasida dzyudo bo‘yicha Mudofaa vaziri kubogi uchun final bahslari boshlandi. Unda mamlakatimizning barcha hududlaridan saralash bahslaridan muvaffaqiyatli o‘tgan 100 nafardan ziyod iqtidorli sportchi qatnashmoqda.

Bugun va ertaga yettita vazn toifasida musobaqaning g‘olib va sovrindorlari aniqlansa, 29 avgust kuni jamoalar o‘rtasida kuchlilar saralanadi, deya xabar tarqatmoqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati.

Mudofaa vaziri kubogining rasmiy ochilish marosimi ertaga soat 16:30 da bo‘lib o‘tadi.
T. Ro‘ziyev,O‘zA