Dzyudochilar mamlakat chempionatida bellashdi
Qarshi shahrida joylashgan “Geolog” sport majmuasida o‘tkazilgan dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘z yakuniga yetdi.
Mamlakat chempionatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan kelgan 2008-2009 yillarda tavallud topgan yosh iqtidorli polvonlar chempionlik uchun kurash olib bordi.

Chempionatning so‘nggi kunida o‘g‘il bolalar -90, +90 kg, qizlar esa -70, +70 kg vazn toifalarida bellashdi. Musurmonqul Ahrorov va Kamol Xursandov o‘g‘il bolalar o‘rtasida oltin medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, Intizor Uzoqboyeva hamda Zarina Bobonazarova qizlar orasida shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA