English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dzyudochi qizlarimiz Bolgariyaga yo‘l oldi
15:02 / 2026-01-29

Bugun, 29 yanvar kuni dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Toshkent viloyatining Dukent shaharchasida tashkil etilgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini yakunlab, Bolgariyada o‘tadigan ilk xorij yig‘iniga yo‘l oldi.

Safar oldidan O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Komilov dzyudochi qizlar va murabbiylar shtabi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot jarayonida terma jamoa bosh murabbiyi Andrey Shturbabin har bir sportchining jismoniy va ruhiy holati, sportchilarning yutuq va kamchiliklari, texnik-taktik imkoniyatlari xususida axborot berdi.

Uchrashuvda yig‘inga yo‘l olayotgan dzyudochi qizlarning fikr-mulohazalari, takliflari tinglandi.

Suhbat yakunida joriy yil "Los-Anjeles-2028" Olimpiadasiga tayyorgarlikning birinchi bosqichi ekanligi aytib o‘tildi. Shu jihatdan, terma jamoamiz a’zolarini mas’uliyatli mavsum kutayotgani, jahon va Osiyo chempionatlarida, xalqaro turnirlarda, xususan Yaponiyada bo‘ladigan yozgi Osiyo o‘yinlarida yuksak natijalarga erishishda yuqori mahoratga ega bo‘lishi lozimligi ta’kidlandi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA