Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dzyudo: Yilning eng kuchlilari ovoz berish orqali aniqlanadi
10:37 / 2024-12-13

Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) 2024 yilgi sport mavsumida turli yo‘nalishlar bo‘yicha eng yaxshi bo‘lishga nomzodlarni aniqlash borasida e’lon qilgan yo‘nalishlarida mamlakatimiz vakillari ham borligi e’tiborli.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston dzyudo federatsiyasining tashabbusi bilan tashkil etilgan bolalar uchun maxsus loyihasi, “Parij-2024” Olimpiya o‘yinlari oltin medali sohibasi Diyora Keldiyorovaning yaponiyalik Uta Abe ustidan qozongan g‘alabasi, O‘zbekiston ayollar terma jamoasi murabbiyi Marko Shpittka, Muhammad Jumayevning “Katta dubulg‘a” turniridagi usuli nominatsiyalarda 2024 yilning eng yaxshisi bo‘lishga nomzod sifatida ko‘rsatilgan.  

Shuningdek, O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Diyora Keldiyorova “Yilning eng yaxshi ayol dzyudochisi” bo‘lishga da’vogarlardan biri sanaladi.  

Nomzodlar ovoz berish yo‘li orqali aniqlanadi. Yakuniy natijalar kelgusi yilning 10 yanvarida e’lon qilinadi.  

T.Ro‘ziyev,  

O‘zA