Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dzyudo va taekvondoda iqtidorli sportchilarni saralashning yangi tizimi
09:36 / 2022-06-01

Ma’lumki, joriy yilning 23 may sanasida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida iqtidorli sportchilarni saralash va ularning zaxirasini yaratish hamda murabbiylarni tayyorlash bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgan edi.

Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda Sportni rivojlantirish vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi tizimida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan aniq vazifalar belgilandi.

Shu kunlarda Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosarlari Azizjon Komilov va Sherzod Toshmatov Andijonda viloyat hokimligi, sportni rivojlantirish boshqarmasi, BO‘SM, IBO‘SM, OZKlarning mas’ul mutasaddilari, trener va hakamlari bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda, joylardagi shart-sharoitlar bilan tanishmoqda.

Mutasaddilar videoselektor yig‘ilishida bildirilgan tanqidiy e’tirozlar o‘rinli ekanligi, sohadagi kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilganligini aytib o‘tdi.

Muhokamalar davomida olimpiya zaxiralari kollejlaridan munosib sportchilarning yetishib chiqmaslik sabablari, iqtidorlilarni saralash bo‘yicha milliy chempionatlarning viloyat va tuman bosqichlarini o‘tkazish tizimlari xususida fikrlashildi.

Uchrashuvlar davomida hududlarda yoshlarni sportga jalb etish, ularni saralash bo‘yicha dzyudo va taekvondo sport turlari misolida yangi tizim ishlab chiqilganligi qayd etildi.

Bu tizim asosida sport turlari xususiyatlaridan kelib chiqib, musobaqalarni har bir hududning tuman va shaharlarida yosh toifalari bo‘yicha o‘tkazish, mas’ul trenerlar va mutaxassislarni biriktirish, shaffof hakamlik korpuslarini yaratish, g‘olib va sovrindor sportchilarni Olimpiya zaxiralari kollejlariga yo‘naltirishda muhim omil bo‘lishi ta’kidlandi.

O‘zA