Dzyudo: Umar Bozorov “Tbilisi Grand Slam” chempioni
Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida dzyudo bo‘yicha "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi “Tbilisi Grand Slam – 2025” xalqaro turnirida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Aniqrog‘i, musobaqaning -90 kg. vazn toifasidagi bellashuvlarda Umar Bozorov fransiyalik Aleksis Matyoga qarshi tatamiga chiqdi va raqibini mag‘lubiyatga uchratdi. Shuningdek, polvonimiz Umar Bozorov oltin medal bilan birga jahon reytingi uchun qimmatli 1000 reyting ochkosini ham qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa, mazkur musobaqada delegatsiyamizdagi medallar 1 ta oltin va 2 bronzaga yetdi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA