Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dzyudo: Toshkentda harbiylar o‘rtasida jahon chempionlari aniqlanadi
10:08 / 2024-10-16

Bugun, 16 oktyabr kuni poytaxtimizdagi “Yunusobod” sport majmuasida dzyudo bo‘yicha harbiylar o‘rtasida 42-jahon chempionati boshlanadi.

Kecha mazkur nufuzli musobaqa oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida Xalqaro sport Kengashi Sport direktori (CISM) Yan Van den Dul, CISM a’zosi general mayor Oleg Botsman, CISM dzyudo bo‘yicha sport komissiyasi prezidenti general Farshad Najafipur, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri o‘rinbosari, mamlakat dzyudo federatsiyasi raisi o‘rinbosari Alisher Norboyev, federatsiya bosh kotibi Aziz Sobirov ishtirok etdi. Bugungacha dzyudo bo‘yicha 41 ta jahon chempionati tashkil etilgani, poytaxtimiz mezbonligida o‘tkazilayotgan jahon chempionatida dunyoning 30 dan ortiq mamlakatidan 400 nafarga yaqin harbiy dzyudochilar ishtirok etayotganini ta’kidlandi.

Jurnalistlarning savollariga javob berish asnosida mutasaddilar jahon chempionatiga olib borilgan tayyorgarliklar bo‘yicha atroflicha ma’lumot berdi.

Chempionat nizomiga muvofiq, 16-17 oktyabr kunlari yakkalik musobaqasida jahon chempionati g‘olib va sovrindorlari aniqlanishi, 18 oktyabrda aralash jamoaviy bahslar tashkil etilishi hamda shu kunning o‘zida jahon chempionatining tantanali yopilish marosimi o‘tkazilishi xususida axborot taqdim etdi.

Aytish lozim, jahon chempionatining yakkalik bahslarida harbiy dzyudochilarimizning 18 nafar a’zosi jahon chempionligi uchun kechadigan bellashuvlarda o‘z omadini sinovdan o‘tkazadi. 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning 24 iyul-1 avgust kunlari Dominikan Respublikasi Santo-Domingo shahrida o‘tgan jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin va 2 ta kumush medal bilan umumjamoa hisobida kuchli to‘rtlikdan joy egallagandi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA