Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dzyudo: Terma jamoaning xalqaro musobaqalarda o‘rtamiyona qatnashishga haqqi yo‘q
15:36 / 2025-09-19

Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Komilov terma jamoa a’zolari va murabbiylar shtabida faoliyat ko‘rsatayotgan mutaxassislar bilan o‘tkazgan uchrashuvida aytib o‘tdi.

Muloqot davomida joriy yilning iyul va avgust oylarida Qozog‘iston va Bolgariyada o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida o‘tgan Osiyo va jahon chempionatlarida yosh dzyudochilarimiz umumjamoada 1-o‘rinni egallab, o‘zbek dzyudosining xalqaro maydondagi qudratini ko‘rsatgani e’tirof etildi.

Shunday sharoitda, yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalangan holda kattalar terma jamoasi ham bu yuksak maqomga erishish yo‘lida qat’iyat ko‘rsatishi kerakligi bildirildi.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi A.Komilov uchrashuv chog‘ida murabbiy va mutaxassislar, sportchilar bilan joriy yilning 27-28 sentyabr kunlari Chexiyaning Praga shahrida bo‘ladigan Yevropa ochiq kubogi, 26-28 sentyabrda Xitoyda o‘tadigan "Sindao-2025" Gran-pri turnirlariga tayyorgarlik holatini muhokama qildi.

"Tokio-2020" olimpiya o‘yinlari sovrindori Davlat Bobonovning  jarohatdan keyin yana katta sportga qaytgani, "Parij-2024" sovrindori Alisher Yusupov bilan birgalikda Valensiya va Yaponiyada o‘tkazgan o‘quv-mashg‘ulotlari borasida so‘z yuritilib, O‘zbekiston kattalar terma jamoasining xalqaro musobaqalarda o‘rtamiyona qatnashishga haqqi yo‘qligiga e’tibor qaratildi.

Har bir sportchi va murabbiy bilan suhbat jarayonida ularni qiynayotgan masalalar, mashg‘ulot yuklamalarining sifati, kundalik turmush tarzi kabi jihatlar borasida fikr-mulohazalar tinglanib, xalqaro musobaqalarda yuksak natijalarga erishish har bir sportchining, murabbiyning vazifasi ekani ta’kidlandi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA